6-sentabr kuni Toshkent shahrida​ ENGINEWEEK haftaligi boshlandi

6-sentabr kuni Toshkent shahrida ENGINEWEEK haftaligi boshlandi

6-sentabr kuni Toshkent shahrida Cleantech Latvia toza tehnilogiyalarniklasteri tomonidan O'zbekiston konsalting muhandislari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan ENGINE loyihasi doirasida tashkil etilgan ENGINEWEEK haftaligi boshlandi.

Ushbu tadbir doirasida "Yomg'ir suvlarini barqaror boshqarish uchun yashil echimlar"mavzusidagi seminarning birinchi kuni bo'lib o'tdi.

Seminar yomg'ir suvlarini barqaror boshqarish, shu jumladan drenaj va yomg'ir kanalizatsiya tizimlarini loyihalash, qurish va texnik xizmat ko'rsatish jihatlari, suvni tozalash echimlari, echimlarni shahar qurilishini rejalashtirish jarayoniga integratsiya qilish masalalariga bag'ishlangan.

Seminarda yomg'ir suvi va sug'orish sohasidagi asbob-uskunalar va tijorat xizmatlarini etkazib beruvchi korxonalar vakillari, loyiha institutlari, qurilish tashkilotlari mutaxassislari, shuningdek, oqova suvlar, sanoat professional birlashmalari xodimlari, respublika va mahalliy hokimiyat vakillari ishtirok etdi.

Seminar ma'ruzachilari yomg'ir suvlarini barqaror boshqarish bo'yicha turli loyihalarda katta tajribaga ega bo'lgan xalqaro ekspertlar edi.

Seminar davomida uning ishtirokchilari ushbu yo'nalishdagi ilg'or xorijiy amaliyot hamda yomg'ir suvlarini yig'ish, tozalash va ulardan foydalanish bo'yicha mavjud yechimlar bilan tanishdilar.

Seminarning ikkinchi kuni doirasida Toshkent shahar infratuzilmasi obyektlariga tashrif buyurish rejalashtirilgan bo'lib, unda ishtirokchilar ma'ruzachilar tomonidan yomg'ir suvlarini barqaror boshqarish bo'yicha taklif etilayotgan yashil yechimlarni joyida ko'rib chiqish imkoniyatiga ega bo'ladilar.